Qatar davlatining arab tilini bilmaydiganlar uchun arab tili kursi o’z qabulini Qatar davlat ichidagi va tashqarisidagilar uchun taklif qiladi.ushbu kurs universitetning tashqi bo’limi tomonidan nazoratga olinib, SNG davlatlari fuqorolari uchun bu kichik davlatda arab tilini bepul o’rganishga imkon beradi.
Chet elliklar uchun arab tilini o’rgatish bo’limi Doha shahrida 1986 yili Qatar davlat universitetining bir bo’lagi sifatida ochilgan. Hozirgi paytda ushbi universitetda 600 dan ortiq talabalar 50dan ortiq davlatdan ta’lim olishadi. Har bir sinfda 10-15 kishi ta’lim oladi.
Qabul bo’lish uchun talablar:
- Toliq o’rta ta’limmi bitirgan bo’lishi kerak (oliy malumotga ega talabalar oliy ta’lim diploma bilan qabul qilinish ehtimoli koproq)
- Ariza topshiruvchining yosh chegarasi 18-40 (40 va undan kattasi katta ehtimol bilan rad etiladi)
- Arab tilidan boshlang’ich bilimi borlar qabul bo’lishi osonroq (o’qish, yozish)
- Abiturient ingliz yoki arab tilida minimal ma’lumotga ega bo’lishi kerak (agar qabul bo’lsa komissiya bilan suhbatlashaolish uchun)
- Abiturient ilgari ushbu programmada ta’lim olmagan bo’lishi kerak.
Ariza yuborish:
MUHIM!
Qatar davlati arab tili kursiga Ariza yuboruvchilar Qatar davlat saytida visa yoki mastercard tolov tizimi orqali 50 Qatar riyoli tolov qilish kerak bo’ladi. To’lov qilinmagan arizalar ko’rib chiqilmaydi.
Qabul jarayoni:
Arizalar qabul kamissiyasi tarafidan ko’rib chiqiladi, so’ngra har ariza yuborganga pochta orqali javob yuboriladi (qabul, yoki qabul qilinmaganlik haqida). Qabul bo’lgan nomzodlarga hujjatlarini asl nusxalarini universitetni tashqi ishlar bo’lishiga belgilangan muddatda yuborishlari kerak bo’ladi.
Kerak bo’ladigan hujjatlar:
1. Ariza yuborilayotkan paytda bitirilgan so’ngi shaxotnoma
2. Arab yoki ingliz tiliga tarjima
3. Rezume (CV)
4. Zagranpasport
5. Tavsifnoma
6. Rasm 4*6
Tepadagi barcha hujjatlar pasportdan tashqari arab yoki ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi kerak va PDF, JPEG, GIF, BMP, TIFF farmatlaridan birida bo’lishi va 5mb. Dan oshmasligi kerak.
MUHIM!
Qatar universiteti ehtiyoj sezsa qo’shimcha sertifikatlar talab qilishga haqli.