Diyanet burslari
Insoniyat uchun umid bo’lamiz
Turkiyaning diyanet burslari nodavlat insonparvarlik yordamlarini ko’rsatuvchi tashkilot 1975-yil 13-mart sanasida tashkil topgan.
Turkiya Diyanet grandlari - shaxsiyatiga ishongan, o’z ishini yaxshi biladigan, ildizi mustahkam bo’lgan, qadriyatlarimizni tushungan, ijtimoiy muommolarga befarq bo’lmagan shaxslarni o’stirishga yordam beradi.
Diyanet Burslari dunyoning 112 ta davlatidan talabalarga Turkiyaning imam Hatib litseylarida, Bakalavrda, Magistraturada, Doktoranturada ta’lim olishni taklif qiladi.
Asosiy maqsad – Ta’lim
Talabalarga beriladigan qulayliklar
- Ochiq va yopiq sport zallar
- Tarixiy joylarga sayohatlar
- Pikniklar
- Konferensiya va seminarlar
- Ilmiy tadqiqotlar
Imkoniyatlar
Grandni qo’lga kiritgan har bir talabaga har oy stipendiyadan tashqari turar joy, taomlanish va yo’l haqqilarini o’z bo’yniga oladi. Talabalar barcha tibbiy imkoniyatlar foydalana olishi uchun ushbu fond talabalarga tibbiy sug’urta harajatlarini ham qoplab beradi.
Ushbu grand universitet kontrakt pullarini qoplaydi.
Birinchi va oxirgi biletidan tashqari, har yili uyiga borib kelishiga bilet olib beriladi.
Talabaga xordiq berish maqsadida, fond har yarim yilda turli xil shahar tashqarisiga safarlar uyushtiradi.
Qo’shimcha darslar. Umumiy darslardan tashqari yordam sifatida qo’shimcha darslarga ham qatnashish imkoniyati beriladi.
Ariza yuboruvchiga qo’yilgan talablar
Barcha ariza yuboruvchilar qo’yilgan talablarga to’liq to’g’ri kelishlari kerak, aks holda ariza qanoatlantirilmaydi.
1. Turkiya fuqorosi bo’lmasligi kerak
2. Tug’ilganlik sanasi 01.01.2002 dan keyin bo’lishi kerak
3. Sog’lom bo’lishi kerak
4. O’rta ta’lim baholari 70% dan past bo’lmasligi kerak. Agar hali o’qishni bitirmagan bo’lsa, ariza yuborgan sanasi iyul oyigacha bitirishi kerak.
5. Davlatida sudlanmagan bo’lishi kerak.
6. O’rta ta’limni bitirganidan so’ng 2 yil o’tmagan bo’lishi kerak.
7. Oldin ushbu stipendiyani qo’lga kiritib, turli sabablarga ko’ra stipendiyadan maxrum bo’lmagan bo’lishi.
8. Ariza yuboruvchi ariza yubarayotgan paytida Turkiya hududida ta’lim olmayotgan bo’lishi kerak.
Ariza ko’rib chiqilish jarayoni
Ilk arizalari saralashdan o’tgan talabalar suhbatga taklif qilinadi. Suhbat ariza yuboruvchining davlatida, Turkiya elchixonasida yoki Turkiyaga tegishli Diyanet burslari tomonidan belgilangan joyda o’tkaziladi. So’ngra:
- Test
- Quron o’qish
- Umumiy diniy bilim
- Umumiy odob-axloq
- O’zligini ifodalash
- Professional qobiliyatlar
- Professional xohishlar
- Til bilimlari
Suhbatdan so’ng, pochtaga javob xati kelishi kutiladi. Qabul xati kelganidan so’ng, Turkiyaga yetib olguncha Diyanet burslarining barcha qoidalariga amal qilishi kerak.
Kerak bo’ladigan hujjatlar
- O’rta ta’limni bitirganlik haqidagi shahodatnomaning asl nusxasi
- O’rta ta’lim shaxodatnomasining ilovasi. Agar hali so’ngi sinfda o’qiyotgan bo’lsa oxirgi bitirgan sinfining baholari.
- Hujjatining turk tiliga nastrifikatsiyasi
- Passport
- Talaba visasi
- Med spravka
- 6 dona rasm (4.5*6)
- Tavsifnoma
- Sertifikatlar
- Motivatsion latter