Arab tilini oʻrganishni boshlaganlar uchun eng yaxshi takliflardan biri bu Qirol Salmonning Riyoz shahrida joylashgan Malik Salmon akademiyasidir. Ushbu akademiya nafaqat arab tilida gaplasha olmaydiganlar, balki arab tilida erkin suhbat yuritadiganlar uchun ham tajribani o’stirish imkoniyatini beradi.
Akademiyada bunday kurslarni yo’lga qo’yishdan maqsad arab tilini dunyo tillari orasida keng tarqalishini ta’minlash va arab madaniyatini insonlar orasida yoyishdir. Ushbu kurs 4 daraja(A1, A2, B1, B2)dan iborat bo’lib, har bir kurs 2 oy yoki 160 soat (haftasiga 20 soat)ga mo’ljanlangan. Ushbu kurs muddati umumiy hisobda 8 oyni tashkil qiladi.
Saralash bosqichidan o’tkan talabgorlar Saudiya arabistoni hukumati tarafidan quyidagi xizmatlarni bepul qo’lga kiritadilar:
- 8 oy mobaynida bepul arab tilidan ta’lim olish;
- Viza;
- Bepul turar joy;
- Bepul o’quv qurollari;
- Bepul taomlanish;
- Chiptalar (aniqlik kiritilyapti).
Shuningdek ushbu akademiya quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Turar joy va o’qish binosi orasida bepul transport;
- Dam olish kunlari bepul transport;
- Talabalar turli tadbirlarda qatnashishlari, akademiya bog’laridan foydalanishlari mumkin;
- Dam olish xonalari, mehmonxonalar va sayr uchun maskanlar;
- Sport zallari.
Ushbu kursda kimlar o’qiy oladi?
- 11 sinf(yoki kollej)ni to’liq bitirgan o’quvchi.
- Oldin Saudiya Arabistonida bunga o’xshash grant yutmagan bo’lishi kerak.
- Oldin Saudiya Arabistoni universitetlaridan haydalmagan bo’lishi kerak.
- Sog’lom bo’lishi kerak (yuqumli kasallari bo’lmasligi kerak),
- 18 yoshdan kichik bo’lmasligi kerak. 18 yoshdan qancha katta bo’lsa ham topshirsa bo’laveradi.
- Saralash bosqichining ilk bosqichidan o’tkan talabalar suhbatdan o’tishlari kerak bo’ladi (agar siz arab tilini bilmasangiz sizga tarjimon beriladi).
Qanday hujjatlar kerak bo’ladi?
- Zagranpasport (yaroqlik muddati 1yildan oshiq bo’lishi kerak).
- 11 sinf attestati yoki diplom. (afzali oxirgi bitirgan muassasangizni hujjati bo’lishi).
- Rasm.
- Rezume.
Ro’yxatdan o’tish jaroyoni qanday kechadi?
- Saytdan ro’yhatdan o’tkaningizdan so’ng pochtaga suhbat uchun taklif keladi.
- Suhbatdan o’tgan talabalar uchun ilk qabul xatlari kela boshlaydi.
Javobi qachon keladi?
- Ro’yhatdan o’tkan kuningizdan boshlab 2 oy o’tib.